Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 218-modda. Jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotishni boshlash

Sud jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini boshlash toʻgʻrisida quyidagi hollarda qaror qabul qiladi, agar: jismoniy shaxs sud tomonidan ushbu Qonun 200-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq zimmasiga yuklatilgan majburiyatni uzrli sabablarsiz bajarmagan boʻlsa; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasi ushbu Qonunning 207-moddasida belgilangan muddatda taqdim etilmagan boʻlsa; jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini tasdiqlash sud tomonidan rad etilgan boʻlsa. Jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili koʻpi bilan olti oy muddatga joriy etiladi. Zarur boʻlganda bu muddat toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning iltimosnomasiga koʻra yoki sudning tashabbusi bilan koʻpi bilan uch oy muddatga uzaytirilishi mumkin. Agar kreditorlar yigʻilishi tomonidan jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini oʻtkazish uchun uning moliyaviy boshqaruvchisi nomzodi taqdim etilmagan boʻlsa, sud jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish tartib-taomilini oʻtkazgan moliyaviy boshqaruvchini tayinlaydi. Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomili boshlangan taqdirda, sud jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishga boʻlgan huquqini vaqtincha cheklash haqida ajrim chiqarishga haqli. Jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqishga boʻlgan huquqi jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomilini tamomlash yoki tugatish haqida, shuningdek kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrim chiqariladigan kunga qadar cheklanadi. Jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishi talab etiladigan uzrli sabab mavjud boʻlgan taqdirda, sud jismoniy shaxsning iltimosnomasiga koʻra hamda kreditorlarning va moliyaviy boshqaruvchining fikrlarini inobatga olgan holda jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqi