Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 222-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tamomlash va jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish

Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin moliyaviy boshqaruvchi sudga jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni, jismoniy shaxsning mol-mulki sotilganligini va kreditorlarning talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini, shuningdek kreditorlarning qanoatlantirilgan talablari miqdorini koʻrsatgan holda kreditorlarning talablari reyestrini taqdim etishi shart. Jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish yakunlari haqidagi hisobotni koʻrib chiqish natijalariga koʻra sud jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini tamomlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Jismoniy shaxs kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin jismoniy shaxsning mol-mulki yetarli emasligi sababli kreditorlarning qanoatlantirilmagan talablarini, shu jumladan jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish yoki jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili joriy etilayotganda kreditorlarning bildirilmagan talablarini bajarish majburiyatidan ozod etiladi (bundan buyon matnda jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish deb yuritiladi). Jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlarga, shuningdek jismoniy shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganligi haqida xabardor boʻlmagan yoki xabardor boʻlishi mumkin boʻlmagan kreditorlarning talablariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar: toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda jismoniy shaxsning gʻayriqonuniy harakatlari oqibatida qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikni vujudga keltirganligi yoki toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirganligi uchun ushbu shaxsni jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati mavjud boʻlsa; jismoniy shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligini koʻrib chiqayotgan sudga jismoniy shaxs zarur maʼlumotlar