Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 23-modda. Sud boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari

Sud boshqaruvchisi: kreditorlar yigʻilishini chaqirishga; ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda kreditorlar qoʻmitasi chaqirilishini talab qilishga; oldindan davlat boji toʻlamay turib, daʼvo arizalari va boshqa arizalar bilan sudga murojaat etishga; ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq haq olishga; boshqa shaxslarni ular faoliyatiga qarzdorning mablagʻlari hisobidan haq toʻlagan holda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, shartnoma asosida jalb etishga; davlat xizmatlaridan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan xizmatlardan oldindan haq toʻlamasdan foydalanishga; qarzdorning mulki, hisobvaraqlari va depozitlari, shu jumladan kredit kartalari, elektron balanslari va elektron pul oʻtkazmalari toʻgʻrisida jismoniy va yuridik shaxslardan (shu jumladan kredit tashkilotlaridan) hamda davlat organlaridan bepul axborot olishga; qarzdor jismoniy shaxsdan uning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish rejasini amalga oshirishga doir faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni soʻrab olishga; oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun davlat soliq xizmati va bojxona organlaridan, budjetdan tashqari jamgʻarmalardan, koʻchmas mulkka oid hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlardan hamda qarzdor korxona va unga tegishli mol-mulk toʻgʻrisida zarur axborotga ega boʻlgan boshqa vakolatli organlardan axborot olishga; oʻz vazifalarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida sudga ariza berishga haqli. Sud boshqaruvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. Sud boshqaruvchisi: qarzdorning mol-mulki but saqlanishi yuzasidan choralar koʻrishi; kreditorlarning talablari reyestrini shakllantirishi va yuritishi; qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi; qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni kreditorning talabiga koʻra oʻn kunlik muddatda taqdim etishi; soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashir