Oʻz faoliyatini tugatgan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning rahbari hozir boʻlmagan va ularning joylashgan yerini (yashash joyini) aniqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, hozir boʻlmagan qarzdorni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza, kreditorlik qarzi miqdoridan qatʼi nazar, kreditor, vakolatli davlat organi, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan berilishi mumkin.