Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdorning mol-mulki hisobidan qoplanadi. Sud boshqaruvchisi oʻz huquq va majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash maqsadida shartnoma asosida jalb etilgan shaxslarga haq toʻlashni, sud xarajatlarini, qarzdorning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, mol-mulkini xatlovdan oʻtkazish, baholash xarajatlarini, zarur hollarda, auditor xizmatlaridan foydalanganlik xarajatlarini, auksion xarajatlarini, hujjatlarni saqlashga topshirish xarajatlarini, shuningdek toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni toʻlashni amalga oshirishi mumkin. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishga sud boshqaruvchisi tomonidan jalb etilgan shaxslarning xizmatlariga toʻlanadigan haqning miqdori qarzdor aktivlari balans qiymatining bazaviy hisoblash miqdoriga (bundan buyon matnda BHM deb yuritiladi) nisbatan hisob-kitob qilingan summadan kelib chiqib (bundan ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar mustasno), agar balans qiymatining summasi: BHMning ming baravarigacha boʻlsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining oʻn ikki foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda; BHMning ming baravaridan besh ming baravarigacha boʻlsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining oʻn foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda; BHMning besh ming baravaridan oʻn ming baravarigacha boʻlsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining sakkiz foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda; BHMning oʻn ming baravaridan ortiq boʻlsa — qarzdor aktivlari balans qiymatining besh foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda foizlarda belgilanadi. Bunda xarajatlar BHMning koʻpi bilan ikki ming ikki yuz baravaridan oshmasligi kerak. Ushbu moddaning maqsadlari uchun qarzdor aktivlarining balans qiymati toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilishidan oldingi oxirgi hisobot sanasidagi moliyaviy hisobotlar asosida aniqlanadi. Qarzdor aktivlari