Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: bankrot — sudning qaroriga asosan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan va oʻziga nisbatan tugatishga doir ish yuritish yoki mol-mulkini sotish tartib-taomili qoʻllaniladigan qarzdor; bir turdagi kreditorlar — qarzdorga nisbatan bir xil talablarga ega boʻlgan va ularni qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega boʻlmagan kreditorlar guruhi; kelishuv bitimi — taraflarning oʻzaro yon berish asosida toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish yuritishni tugatish haqidagi bitimi; kreditorlar — qarzdor pul majburiyatlari boʻyicha va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish yuzasidan qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar oldida javobgar boʻlsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar, bundan qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun javobgar boʻlsa, ayni shu fuqaro, shuningdek oʻz ishtirokida kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha qarzdor yuridik shaxsning muassasalari (ishtirokchilari) mustasno; kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining vakili — toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan vakolat berilgan shaxs; kuzatuv tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini oʻtkazish, kreditorlar talablari reyestrini tuzish va birinchi kreditorlar yigʻilishini oʻtkazish uchun qarzdorni toʻlovga qobiliyatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran keyingi toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomiliga qadar sud tomonidan qoʻllaniladigan tartib-taomil; mol-mulkni sotish tartib-taomili — jismoniy shaxsga nisbatan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish uchun toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish doirasida qoʻllaniladigan tartib-taomil; moratoriy — qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar ha