Kreditorning qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizasi turli majburiyatlar boʻyicha birlashtirilgan qarzdorlikka asoslangan boʻlishi mumkin. Kreditorlar qarzdorga nisbatan oʻz talablarini birlashtirishga hamda iqtisodiy sudga bitta ariza bilan murojaat etishga haqli. Bunday ariza oʻz talablarini birlashtirgan kreditorlar tomonidan imzolanadi.