Qarzdor tuzgan har qanday bitim, shu jumladan qarzdor toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilguniga yoki tashqi boshqaruv yoxud sud sanatsiyasi tartib-taomillari joriy etilguniga qadar tuzgan bitim qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha sud boshqaruvchisining arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Agar bitimlar toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar uch yil ichida qarzdor yoki uning vakili tomonidan tuzilgan va ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ular Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 115 — 126-moddalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarga koʻra haqiqiy emas deb topiladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan tashqari toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar tuzilgan quyidagi bitimlar haqiqiy emas deb topilishi mumkin: qarzdor tomonidan tuzilgan past qiymatdagi bitimlar, shu jumladan oʻz tovarlarini ayni shu turdagi tovarlar bilan ayirboshlash yoki hadya qilish orqali tuzilgan bitimlar; bitim narxi va (yoki) undagi boshqa shartlar aynan shunga oʻxshash tuzilgan bitim bilan solishtirilganda qarzdorning holatini jiddiy ravishda yomonlashtirsa, agar ushbu bitim moliyaviy yoʻqotishlarga olib kelgan boʻlsa; shunga oʻxshash yoki ayni shunday mol-mulkning narxidan farq qiladigan va kreditorlar manfaatlariga zarar yetkazmagan boʻlsa ham qarzdorning holatini jiddiy yomonlashtiradigan narx boʻyicha mol-mulkni tekinga yoki toʻlov asosida (shu jumladan vaqtinchalik foydalanishga) topshirish toʻgʻrisida bitim; bitim bir kreditorning talablarini boshqa kreditorlarning talablariga nisbatan afzalroq qanoatlantirishga olib kelsa; qarzdorning mol-mulkini hadya qilish shartnomalari, bundan doimiy tijorat operatsiyalarida tuziladigan shartnomalar mustasno, agar ular toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilishidan bir yil oldin tuzilgan bitimlardan sezilarli darajada farq qilsa. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻr