Agar yuridik shaxsning toʻlovga qobiliyatsizligi shu yuridik shaxs uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsning yoki yuridik shaxs mol-mulki egasining yoxud qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsning gʻayriqonuniy harakatlari tufayli yuzaga kelgan boʻlsa, yuridik shaxsning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. Boshqa holatlar isbotlanmaguniga qadar sud hujjati bilan belgilangan quyidagi holatlar gʻayriqonuniy harakatlar tufayli kreditorlar talablarini toʻliq qanoatlantirishni imkonsiz qilib qoʻygan deb hisoblanadi: agar qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxs foydasiga yoxud ushbu shaxs tomonidan qarzdorning bir yoki bir nechta bitimlarini (bunday bitimlar ushbu shaxsning koʻrsatmasiga koʻra tuzilgan boʻlsa), shu jumladan ushbu Qonunning 6-bobida nazarda tutilgan bitimlarni tuzish natijasida kreditorlarning mulkiy huquqlariga jiddiy zarar yetkazilgan boʻlsa; soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirish yoki qarzdorni qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelish alomatlari benefitsiarlar va affillangan shaxslarning birgalikdagi xatti-harakatlari bilan aniqlanganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud boʻlsa; qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxslarni qonunchilik hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisida sud hujjati qabul qilinganligi munosabati bilan yuzaga kelgan qarzdorlik kreditorlar talablari reyestriga kiritilgan talablar umumiy miqdorining yetmish foizidan oshgan boʻlsa. Agar qarzdorning ishlarini boshqaruvchi bir nechta shaxsning gʻayriqonuniy harakatlari kreditorlarning talablarini toʻliq qanoatlantirishni imkonsiz qilib qoʻysa, bunday shaxslar solidar tartibda subsidiar javobgar boʻladi. Agar subsidiar javobgarlikka tortilgan shaxs qarzdor faoliyatiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatganligi isbotlanmagan boʻlsa, sud shaxsni sudbsidiar javobgar