Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi sud hujjatiga ega boʻlgan har qanday kreditor ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatishni talab qilishga haqli. Mazkur ijro ishini yuritish jarayonida undiruvchilarning talablari ushbu Qonunda nazarda tutilgan navbat boʻyicha qanoatlantirilishi kerak. Subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi sud hujjatini ijro etish hisobiga kelib tushgan pul mablagʻlari kreditorlar talablarini qanoatlantirish uchun yoʻnaltiriladi. Tugatish boshqaruvchisi ushbu qoida talablarini amalga oshirish maqsadida mazkur mablagʻlarni sudning maxsus depozit hisobvaragʻiga oʻtkazadi.