Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida 92-modda. Kuzatuv tartib-taomilini tugatish

Sud kreditorlarning birinchi yigʻilishi qarori asosida, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki sud sanatsiyasini yoxud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoki kelishuv bitimini tasdiqlaydi va toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni tugatadi. Agar kreditorlarning birinchi yigʻilishida toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan birini qoʻllash haqida qaror qabul qilinmagan boʻlsa yoki sudga uning qarorlaridan hech biri ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan muddatda taqdim etilmagan boʻlsa, sud doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari boʻlgan taqdirda, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, sud qarzdorning faoliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish toʻgʻrisidagi masalani kreditorlar yigʻilishida koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan materiallarni qaytaradi. Agar kreditorlarning birinchi yigʻilishi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa yoxud sudga uning qarorlaridan hech biri taqdim etilmagan boʻlsa, sud qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining, vakolatli davlat organining, shuningdek uchinchi shaxsning (shaxslarning) iltimosnomasiga binoan, arizachilar tomonidan qarzdorning majburiyatlari ijrosining qarzni toʻlash jadvaliga muvofiq taʼminoti taqdim etilgan taqdirda, sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki tashqi boshqaruvchi yoxud tugatish boshqaruvchisi tayinlanguniga qadar uning vazifasini bajarish ilgari muvaqqat boshqaruvchi vazifasini baj