Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy yigʻinlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar harbiy unvonni va qoʻshin turini farqlovchi nishonlari boʻlgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar. Harbiy kiyim-kechakda yurish qoidalari harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar va idoralarning rahbarlari tomonidan belgilanadi. Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega boʻlmagan fuqarolarning harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechagini kiyib va farqlovchi nishonlarini taqib yurishi taqiqlanadi.
II. FUQAROLARNI HARBIY XIZMATGA TAYYORLASH