Oliy taʼlim muassasalarining talabalari orasidan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash mazkur muassasalarda tashkil etiladigan harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida (harbiy taʼlim fakultetlari, harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv markazlari, harbiy kafedralar, sikllar va kurslarda) amalga oshiriladi. Oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi boʻlimida oʻqiyotgan erkak talabalari, shuningdek tibbiy oliy taʼlim muassasalarining talabalari jinsidan qatʼiy nazar harbiy tayyorgarlikdan oʻtadilar. Harbiy tayyorgarlikka yigirma yetti yoshgacha boʻlgan salomatligiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli talabalar jalb qilinadilar. Talabalarni harbiy tayyorgarlikdan oʻtishga qabul qilish ularning shaxsiy arizalariga binoan ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Harbiy xizmatni oʻtab kelgan talabalar ham rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar taʼlimi dasturi boʻyicha harbiy tayyorgarlikdan oʻtishlari mumkin. Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv boʻlinmalarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan, taʼlim dasturini oʻzlashtirgan va belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan talabalar ularga leytenant unvoni berilganidan keyin haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar yoki rezerv yoxud zaxiraga oʻtkaziladilar. Oliy taʼlim muassasalarining oʻquv boʻlinmalarida harbiy tayyorgarlik taʼlimidan oʻtmagan talabalar taʼlim muassasasini tamomlaganlaridan keyin ushbu Qonunga muvofiq muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun chaqiriladilar. Ofitserlarni tayyorlash dasturlarini oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklatiladi. Oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv boʻlinmalari yoʻnalishi, rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar tayyorlashda asoslaniladigan ixtisosliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar, a