Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida 20-1-modda. Rahbariyat kengashining, harbiy-tibbiy komissiyaning, butlash komissiyasining, hududiy komissiyaning, hududiy tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari

Rahbariyat kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: chaqiruv tadbirlarini sifatli tashkil etish; chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi, fikrlash qobiliyati, fidoyiligi, qiziqishlari va boshqa xususiyatlari inobatga olingan holda, ularning butlash komissiyasi tomonidan qoʻshin turlariga toʻgʻri tayinlanganligiga baho berish; harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlarning qoʻshin turlari komandalariga tayinlash yoki tayinlamaslik toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish; chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish; chaqiriluvchilarni yigʻish va tantanali ravishda harbiy qismlarga yuborishga doir tadbirlarni oʻtkazish chogʻida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini tashkil etish; jamoat tartibini saqlash ishlarini tashkil etish hamda butlash komissiyalari, harbiy-tibbiy komissiyalar, hududiy tibbiy komissiyalar faoliyat olib borishi uchun joylarda zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni dori vositalari, tibbiy inventarlar va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash; muddatli harbiy xizmatga chaqirish ishlarining oshkoraligini, shuningdek chaqiruvga oid tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash; harbiy-tibbiy komissiyalarning, butlash komissiyalarining va hududiy tibbiy komissiyalarning qarorlaridan norozi boʻlgan chaqiriluvchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqish, shuningdek ularni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish; muddatli harbiy xizmatchilarning Qurolli Kuchlar safidan muddatidan avval qaytarilganligi boʻyicha tekshiruv oʻtkazish, uning sabablarini aniqlash va yakunlari boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrish. Harbiy-tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: butlash komissiyasi tomonidan qoʻshin turlariga tayinlangan chaqiriluvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish; chaqiriluvchilarning hisob kartalariga