Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga quyidagi talablarga javob beruvchi fuqarolar kiradi: oʻttiz yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatga majburlar va ayollar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga; muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga; muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtagan va oliy maʼlumotga ega oʻttiz yoshgacha boʻlgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlariga; oʻn yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha boʻlgan, shu jumladan oʻqishga qabul qilingan yili oʻn yetti yoshga toʻladigan fuqarolar, shuningdek oʻn sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha boʻlgan, oʻqishga qabul qilingan yili mazkur yoshga toʻlgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega boʻlmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek yigirma olti yoshgacha boʻlgan hamda oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqish istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining talabalari — oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari lavozimlariga; qirq yoshgacha boʻlgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar — ofitserlar tarkibi lavozimlariga. Yuqori professional tayyorgarlikka va katta ish tajribasiga ega fuqarolar ham kontrakt boʻyicha harbiy xizmatda boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga yetguniga qadar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinishi mumkin. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirayotgan fuqarolar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik va idora bilan harbiy xizmatni oʻtash toʻgʻrisida kontrakt tuzadilar. Kontraktlar tuzish, shu jumladan oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari bilan kontraktlar tuzish, shuningdek kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga saralab olish va uni oʻtash tartibi Oʻzbekisto