Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida 26-1-modda. Harbiy xizmatchilarga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazish

Harbiy xizmat davomida sodir boʻlgan muayyan hodisa, qonunchilik hujjatlari yoki harbiy xizmat (ijro) intizomining buzilishi holatlari yuzasidan haqiqatni, harbiy xizmatchining hodisaga aloqadorligi va aybdorlik masalasini aniqlash maqsadida xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi. Harbiy xizmatchilarga nisbatan xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibi vazirliklar va idoralarning ichki idoraviy hujjatlari bilan tasdiqlanadi.