Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida 32-modda. Harbiy yigʻilishlarda qatnashish

Harbiy xizmatga majburlar rezervda boʻlish vaqtida safarbarlik tadbir-choralari rejalari boʻyicha harbiy yigʻinlarga jalb etiladi. Harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning harbiy xizmat shartlaridan kelib chiqadigan huquqlari va majburiyatlari ushbu Qonun bilan belgilanadi. Rezervdagi harbiy xizmatga majburlarga moʻljallangan harbiy yigʻinlarning muddati har yili birinchi toifali rezervdagilar uchun oʻttiz sutkaga qadar, ikkinchi toifali rezervdagilar uchun oʻn besh sutkaga qadar boʻlishi mumkin. Rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlar Oʻzbekiston Respublikasining normal hayotiy faoliyatiga tahdid solayotgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida ikki oyga qadar muddatga harbiy yigʻinlarga jalb etilishi mumkin. Harbiy yigʻinlarga jalb etilgan harbiy xizmatga majburlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda pul hamda boshqa turdagi taʼminot oladilar. Harbiy yigʻinlar davrida, shu jumladan ular oʻtkaziladigan joyga borish va u yerdan qaytib kelish davrida harbiy xizmatga majburlarning ish joyi (lavozimi) va ish joyidagi oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi. Mazkur shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi chaqiruv qogʻozi olingan kundan harbiy yigʻinlardan qaytilgunga qadar boʻlgan davrda ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin emas, korxona, muassasa va tashkilot tugatilgan hollar bundan mustasno. Agar harbiy xizmatga majbur harbiy yigʻinlar vaqtida kasal boʻlib qolsa va harbiy yigʻinlar tugaganidan keyin ham kasalligi davom etsa, uning ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi, harbiy yigʻinlar tugagan kundan boshlab ish haqi oʻrniga qonunchilikka muvofiq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi toʻlanadi. Harbiy xizmatga majburlar harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida quyidagi huquqlarga ega: harbiy yigʻinlar oʻtkaziladigan joyga temir yoʻl va avtomobil transportida (taksidan