Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida 39-modda. Muqobil xizmatdagi xizmatchilarning harbiy tayyorgarligi

Muqobil xizmatdagi xizmatchilar harbiy tayyorgarlik yigʻinlariga (mashgʻulotlariga) jalb etiladilar, ular shu asosda qurol-yarogʻdan foydalanish, ularni qoʻllanish bilan bogʻliq boʻlmagan harbiy hisobdagi ixtisoslikli egallaydilar va Vatanga qasamyod qabul qiladilar. Harbiy tayyorgarlik dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. Muqobil xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar Qurolli Kuchlar zaxirasiga oʻtkaziladi.