Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida 45-4-modda. Harbiy xizmatchilar bilan kontrakt tuzish imkoniyatini inkor etuvchi holatlar

Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish kontrakti quyidagi harbiy xizmatchilar bilan tuzilishi mumkin emas: haqiqiy harbiy xizmatda boʻlishning chegara yoshidan oʻtgan, shu jumladan xizmat muddatini uzaytirishni hisobga olgan holatlarda; sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan hollarda; qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va oʻziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qoʻllanilganligidan qatʼi nazar sodir etgan oʻta ogʻir va ogʻir jinoyati uchun ilgari hukm qilingan holatlarda; attestatsiya komissiyasining qaroriga koʻra.

VIII. SAFARBARLIK BOʻYICHA CHAQIRILISH TOʻGʻRISIDA VA HARBIY XIZMATDAN BOʻSHATISH