Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida 47-modda. Safarbarlik boʻyicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilish munosabati bilan fuqarolarni moddiy jihatdan taʼminlash

Safarbarlik boʻyicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar bilan ish (xizmat) joyida toʻla hisob-kitob qilinadi. Ularga amalda ishlagan vaqtlari uchun ish haqi, ishdan boʻshatish nafaqasi va foydalanilmagan taʼtil uchun kompensatsiya toʻlanadi. Safarbarlik boʻyicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilganlarning egallab turgan turar joy maydoni saqlanib qoladi. Safarbarlik boʻyicha va urush davrida harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarning oilalarini davlat tomonidan taʼminlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.