Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida 6-modda. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat

Harbiy xizmatga yaroqli, shu jumladan cheklovlar bilan yaroqli boʻlgan hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy prinsip asosida oylik yigʻinlar tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus hisobvaragʻiga pul badallari kiritilishini nazarda tutadi. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga shaxslar yigirma yetti yoshga toʻlgunga qadar olinadilar va har yilgi harbiy yigʻinlarga jalb etilishlari mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz roʻy bergan taqdirda esa haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar. Safarbarlik chaqiruvi rezervida oylik yigʻinni oʻtagan fuqarolar Qurolli Kuchlar rezerviga oʻtkaziladilar. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxslar toʻlaydigan pul badallari miqdori va ularni toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan alohida nizom bilan belgilanadi. Bu mablagʻlar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchilar bilan yigʻinlarni oʻtkazishga bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplashga, qaysi tegishli vazirliklar va idoralarda muddatli harbiy xizmat nazarda tutilgan boʻlsa, oʻsha vazirliklar va idoralarning muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilari harbiy xizmatdan boʻshatilganida xizmatdan boʻshatish nafaqasini toʻlashga, yigʻinlar maʼmuriyatining taʼminotiga, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlashga, shu jumladan binolarni taʼmirlash va qurishga, mudofaa ishlari organlaridagi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatchilarni hisobga oluvchi xodimlarning taʼminotiga, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun qurol-yarogʻ, harbiy-texnika mol-mulki va oʻq-dorilarni xarid qilishga maq