Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga boʻlinadi. Ofitserlar tarkibi kichik ofitserlar, katta ofitserlar va generallar tarkibiga boʻlinadi. Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qoʻshin unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga boʻlinadi. Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi: Qoʻshin unvonlari Kema tarkibidagi unvonlar I.Oddiy askarlar tarkibi oddiy askar matros II.Serjantlar tarkibi kichik serjant III darajali serjant II darajali serjant I darajali serjant katta serjant starshina III darajali starshina II darajali starshina I darajali starshina bosh starshina III.Ofitserlar tarkibi Kichik ofitserlar tarkibi leytenant katta leytenant kapitan leytenant katta leytenant kapitan-leytenant Katta ofitserlar tarkibi mayor podpolkovnik polkovnik III rang kapitani II rang kapitani I rang kapitani Generallar tarkibi general-mayor general-leytenant general-polkovnik armiya generali Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy unvon armiya generali boʻlib, bu unvon (urush davrida) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoniga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga beriladi. Yuridik yoki tibbiy yoʻnalishdagi harbiy hisobdagi ixtisoslikka ega boʻlgan ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburning harbiy unvoniga tegishincha “adliya” yoki “tibbiy xizmat” soʻzlari qoʻshiladi. Rezervdagi, zaxiradagi yoki isteʼfodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishincha “rezervdagi”, “zaxiradagi” yoki “isteʼfodagi” degan soʻzlar qoʻshiladi. Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Harbiy burchni jiddiy tarzda buzganlik, hokimiyatni suiisteʼmol qilganlik, qonunlar va umumharbiy nizomlar bilan oʻz zimmasiga yuklatilgan talablar va majburiyatlarni favqulodda vaziyatlarda