Quyidagilar turar joyni almashtirish predmeti boʻlishi mumkin: bir yoki bir necha xonadan iborat turar joy; ijaraga oluvchi, pay jamgʻarmasining qismiga huquqi boʻlgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi, turar joy mulkdori ulushiga toʻgʻri keladigan turar joyning qismi, shu jumladan tutash xona yoki ushbu Kodeks 106-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda, xonaning qismi.