Ijaraga oluvchi bronlashtirilgan turar joyga saqlash guvohnomasi (bron) amal qiladigan muddat doirasida ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi boʻyicha koʻchirib kiritishga yoki u yerga vaqtincha yashovchilarni joylashtirishga haqlidir. Ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar qaytib kelgach, bronlashtirilgan turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasidagi belgilangan muddat tugashidan qatʼi nazar, darhol boʻshatishni talab qilishga haqlidirlar. Ikkilamchi ijaraga oluvchilar yoki vaqtincha yashovchilar ushbu turar joyni boʻshatishdan bosh tortgan taqdirda, ular ijaraga oluvchining talabiga koʻra boshqa turar joy bermasdan sud tartibida koʻchiriladilar.