Davlat muassasalari va tashkilotlari mulkchilikning boshqa shakliga oʻtganda yoki ular qayta tashkil etilganda ularning operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi ushbu muassasa va tashkilotlar huquqiy vorislariga (agar ular aniqlangan boʻlsa), boshqa yuridik shaxslarga mulk qilib yoxud ularning operativ boshqaruviga yoxud belgilangan tartibda fuqarolarning barcha uy-joy huquqlarini, shu jumladan uy-joyni xususiylashtirish huquqini saqlagan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufiga oʻtkazilishi kerak. Bunda uy-joyning yangi mulkdori, egasi ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchi boʻlib qoladi.