Uy, kvartira mulkdorining oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni koʻchirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan boʻlmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga oʻzlarining voyaga yetmagan farzandlarini koʻchirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa aʼzolarini esa, uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina koʻchirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila aʼzolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar oʻrtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanadi. Turar joy mulkdorining oila aʼzolari deb u bilan doimiy birga yashayotgan xotini (eri) va ularning farzandlari tan olinadi. Er-xotinning ota-onasi, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan oilali farzandlari va ularning er-xotini, agar ular ilgari bu huquqqa ega boʻlmagan boʻlsa, faqat oʻzaro kelishuvga binoan mulkdorning oila aʼzolari deb tan olinishi mumkin. Mehnatga qobiliyatsiz boqimandalar, shuningdek mulkdor bilan doimiy birga yashayotgan fuqarolar, agar ular mulkdor bilan umumiy xoʻjalik yuritayotgan va uning turar joyida roʻyxatdan oʻtgan boʻlsalar, uning oila aʼzosi deb topilishlari mumkin. Mulkdorning voyaga yetmagan oila aʼzolari yashayotgan turar joyni, ularning ota-onasi boʻlmagan taqdirda, vasiylik va homiylik organining roziligi bilan boshqa shaxsga berish mumkin. Xususiylashtirilgan kvartira yoki uy mulkdorining voyaga yetgan oila aʼzolari va uy-joyning xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslar ham ularning umumiy mulki boʻlmish xususiylashtirilgan kvartira yoki uyga nisbatan qonunda belgilangan tartibda teng huquqlarga ega boʻladilar va teng majburiyatlarni bajaradilar. Xususiylashtirilgan kvartirani yoki uyni sotish, ayirboshlash, hadya qilish yoki