Fuqarolar oʻn sakkiz yoshga toʻlgach, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasdan nikoh tuzganlar, emansipatsiya qilinganlar yoki ishga kirganlar esa qonunda nazarda tutilgan hollarda – tegishli ravishda nikoh tuzgan, emansipatsiya qilingan yoxud ishga kirgan vaqtidan boshlab munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega boʻladilar.