Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berilgan munitsipal va idoraviy uy-joy fondi uylarida boʻshayotgan turar joylar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning ulushli ishtirok etish tartibida topshirilgan mablagʻlariga qurilgan uylarda boʻshayotgan turar joylar birinchi navbatda ushbu korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan xodimlariga koʻchib kirish uchun beriladi. Bunday koʻchib kirish tartibi, uy berilgan yoki qurilish tugallangan vaqtidan qatʼi nazar, qoʻllanadi.