Fuqarolar tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlik toʻgʻrisida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar taqdim etilganda, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslarning hujjatda (orderda) koʻrsatilgan turar joyga boʻlgan huquqlari buzilganda, turar joy berish toʻgʻrisidagi masalani hal etishda mansabdor shaxslar tomonidan gʻayriqonuniy harakatlar qilinganda, shuningdek turar joy berish tartibi va shartlarining boshqacha buzilishlari sodir etilgan hollarda munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyga berilgan hujjat (order) sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talab hujjat (order) berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida qoʻzgʻatilishi mumkin.