Ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar egallab turgan munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni rekonstruksiya yoxud kapital taʼmirlash natijasida saqlab qolish mumkin boʻlmaganda yoki u tubdan kengayganda, torayganda ijaraga oluvchiga va uning oila aʼzolariga, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarga kapital taʼmirlash boshlangunga qadar shu aholi punkti chegarasi doirasida boshqa obod turar joy berilishi kerak.