Korxona, muassasa, tashkilot bilan mehnat munosabatlarini uzgan xodimlar, shuningdek saylab qoʻyiladigan lavozimlarni egallab turgan shaxslar, harbiy xizmatchilar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ular bilan birga yashayotgan barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy bermasdan xizmat turar joyidan koʻchiriladilar. Agar xizmat turar joyi ijara shartnomasi muddati tugagach, ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar shu turar joyni boʻshatib berishdan bosh tortsalar, ular boshqa turar joy bermasdan sud tartibida koʻchiriladilar, ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.