Uy-joy kodeksi 81-modda. Maxsus uylar

Maxsus uylar fuqarolarning ayrim toifalari qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda yashashi uchun moʻljallangandir. Maxsus uylar jumlasiga quyidagilar kiradi: yotoqxonalar; vaqtinchalik uy-joy fondi uylari; nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar; bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar.