Fuqarolar oʻzlarining uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlariga kirish huquqiga egadirlar. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlari davlat roʻyxatidan oʻtgandan keyin kirish badalini hamda turar joyning qurilish yoki xarid qiymatiga nisbatan ustavda yoxud shartnomada belgilangan oʻz pay badallari qismini toʻlagan muassis-fuqarolar shu kooperativlarning aʼzosi deb tan olinadi. Kooperativ boshqaruv organining qaroriga binoan belgilangan miqdordagi kirish hamda pay badallarini toʻlagan fuqarolar faoliyat koʻrsatayotgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi boʻlishlari mumkin.