Elektron murojaatni yuboruvchi elektron soʻrovni shakllantirishni yakunlab, elektron tizim tomonidan avtomatik tarzda belgilanadigan davlat boji toʻlovini amalga oshiradi. Davlat boji toʻlanganidan keyin diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaat koʻrib chiqish bosqichiga oʻtadi. Agar murojaatda toʻgʻrilash mumkin boʻlgan xatolar mavjud boʻlsa yoki ushbu Qonunda talab qilinadigan yoxud elektron murojaatni yuboruvchi havola qilayotgan hujjatlar mavjud boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ unga besh ish kuni ichida xatolarni tuzatish va yetishmayotgan hujjatlarni yuborish uchun imkon beradi. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ elektron murojaatni yuboruvchining iltimosnomasiga koʻra bu muddatni besh ish kunidan kam boʻlmagan muddatga uzaytirishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ diniy tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuborilgan hujjatlarning ishonchliligini va ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshirishga haqli.