Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari: xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlar hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; xotin-qizlarni majburiy mehnatga va gʻayriijtimoiy xulq-atvorga jalb qilish hollari aniqlanganligiga doir faktlar toʻgʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qiladi; taʼlim muassasalarida tahsil oluvchilar orasidan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlaydi hamda ularning xulq-atvorini tuzatish, shuningdek tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; taʼlim muassasalarida boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazishni taʼminlash maqsadida tadbirlar tashkil etadi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.