Vakolatli organlar va tashkilotlar xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishda quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qiladi: aniqlangan tazyiq va zoʻravonlik faktlari toʻgʻrisida oʻzaro bir-birini xabardor qilish; tazyiq va zoʻravonlik holatlariga munosabat bildirish choralarini kelishish hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga amaliy yordam koʻrsatish; tazyiq va zoʻravonlikni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish va tajriba almashish sohasidagi chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish; tazyiq va zoʻravonlikni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish sohasidagi tadbirlarni amalga oshiradigan mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, qonunchilikni va ularning qoʻllanilish amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.