Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi yordam koʻrsatish, maslahat berish mexanizmi hamda chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish toʻgʻrisida axborot olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmogʻi (ishonch telefoni) ishlab turishini taʼminlaydi. Telefon liniyasi tarmogʻi maxfiylikka rioya etgan holda faoliyat koʻrsatadi. Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.