Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida 23-1-modda. Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish

Tazyiq va zoʻravonlik yoki ularni sodir etish xavfi bartaraf etilmagan taqdirda, tegishli hududda tazyiq va zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga koʻra, bir ish kuni ichida himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha materiallar tayyorlanadi hamda himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma rasmiylashtirilgan holda jabrlanuvchining yashash joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga yuboriladi. Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida yopiq sud majlisida jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs hozirligida koʻrib chiqiladi. Iltimosnomani sudda koʻrishda advokat ishtirok etishi mumkin. Jabrlanuvchining hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning sud majlisiga kelishi ichki ishlar organi xodimi kuzatuvi ostida amalga oshiriladi. Tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning sud majlisida uzrsiz sabablarga koʻra hozir boʻlmaganligi ishni koʻrib chiqishga monelik qilmaydi. Agar sud mazkur shaxsning sudda hozir boʻlishini shart deb topsa, sud uni majburan olib kelish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. Sudya ish materiallari bilan tanishib chiqqanidan keyin himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida yoki himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqida qaror chiqaradi. Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatiladi: himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan vaqt va joy haqidagi maʼlumotla