Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida 7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari: xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda amalga oshiradi; xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi; xotin-qizlarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish kafolatlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.