Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida 22-modda. Xususiy mulk huquqining qonunga muvofiq bekor boʻlishi oqibatlari

Xususiy mulk huquqini bekor qiladigan qonun qabul qilingan taqdirda, ushbu qonunni qabul qilish natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan mol-mulkning bozor qiymati davlat tomonidan toʻla hajmda qoplanadi. Zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi.