Yer kodeksi 11-modda. Qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish

Qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish — hududlarning tabiiy sharoitlarni va qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari agrobiologik talablarini hisobga olgan holda boʻlinishidir. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirishga muvofiq amalga oshiriladi. Qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarning talablari yer uchastkalarini qonuniy saqlash vazifalariga taalluqli boʻlib, yuridik va jismoniy shaxslarga ana shu uchastkalarni berish shartlari jumlasiga kiritiladi.