Yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi: 1) elektron onlayn-auksion natijalari asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan: qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining taklifiga koʻra — davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga; qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. Bunda beriladigan yer uchastkasining oʻlchami investitsiya hajmiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini ijaraga berishda ushbu yer uchastkalarini ijaraga olish huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablagʻ ijaraga oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga toʻlanadi. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari quyidagilarga ijara huquqi asosida beriladi: elektron onlayn-auksion asosida — jismoniy va yuridik shaxslarga; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga. B