Yer kodeksi 30-4-modda. Servitutni bekor qilish

Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: servitut ishtirokchilarining oʻzaro kelishuviga koʻra; yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini koʻzlab belgilangan boʻlsa, oʻsha shaxsning asoslangan talabiga koʻra; servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda; servitutning amal qilish muddati tugaganda; agar servitut belgilash uchun sabab boʻlib xizmat qilgan asoslar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa; qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra. Servitutni bekor qilish toʻgʻrisida servitut ishtirokchilari oʻrtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.