Yer kodeksi 46-modda. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni berish

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijara huquqi asosida quyidagilarga beriladi: 1) qishloq xoʻjaligi kooperativlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, shuningdek boshqa yuridik shaxslarga — tovar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun; 2) tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklari hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga — qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-sinov ishlarini bajarish uchun; 3) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga — fermer xoʻjaliklarini yuritish uchun; 4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga — dehqon xoʻjaliklarini, yakka tartibda bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun;