Shaharlar va posyolkalarning maʼmuriy chegaralaridagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalarning yerlari jumlasiga kiradi. Bu yerlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) shahar va posyolka qurilishi yerlari; 2) umumiy foydalanishdagi yerlar; 3) qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar va boshqa yerlar; 4) daraxtzorlar egallagan yerlar; 5) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar; 6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari; 7) suv fondi yerlari; 8) zaxira yerlar.