Yer kodeksi 67-modda. Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar

Shaharlar va posyolkalardagi sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarga tegishli vazifalarni bajarish uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga va fuqarolarga berilgan yerlar kiradi. Foydalanish uchun beriladigan yer uchastkasida joylashtirilishi lozim boʻlgan imoratlar va inshootlar roʻyxati yer uchastkasini berishdan oldin aniqlanadi.