Yer kodeksi 74-modda. Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar

Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar jumlasiga turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun yaroqli geografik va iqlim sharoitlariga ega boʻlgan, qonunchilikda belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan yerlar kiradi. Mazkur yerlarda ulardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlariga zid boʻlgan har qanday faoliyat taqiqlanadi. Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.