Yer kodeksi 87-modda. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash

Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlarini, shu jumladan jismoniy shaxslar egaligidagi va foydalanishidagi qishloq xoʻjaligi yerlarini qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish uchun olib qoʻyish, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning huquqlari cheklanishi yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatining taʼsiri oqibatida yerlarning sifati yomonlashuvi tufayli qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni ushbu Kodeksning 86-moddasida nazarda tutilgan zararlar oʻrnini qoplashdan tashqari qoplanadi. Qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari quyidagilar tomonidan qoplanadi: qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilayotgan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari ajratib beriladigan yuridik va jismoniy shaxslar; yerlarini qishloq xoʻjaligi va oʻrmon yerlari oborotidan chiqarib yoki u qadar qiymatga ega boʻlmagan yerlar qatoriga oʻtkazgan holda obyektlari atrofiga muhofaza, sanitariya va ihota zonalari oʻrnatiladigan yuridik va jismoniy shaxslar; qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda va oʻrmon fondi yerlarida ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasiga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan qurilish obyektlarini joylashtiradigan (quradigan) yuridik va jismoniy shaxslar. Yer uchastkasi boʻlingan hamda bir nechta yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan (realizatsiya qilingan) taqdirda, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni boʻlingan yer uchastkalarining maydoniga mutanosib ravishda qoplanadi. Yer uchastkalari elektron onlayn-auksion vositasida realizatsiya qilinganda, shuningdek baholovchi tashkilot tomonidan belgilangan bozor qiymati boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri realizatsiya qilinganda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishining nobudgarchiliklari miqdori alohida koʻrsatili