Yer kodeksi 90-modda. Yer toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qoʻyish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kim oshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qoʻyish, shuningdek ijaraga berilgan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni belgilangan tartibda boshqa shaxsga oʻtkazish (qayta ijaraga berish) bundan mustasno), yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar boʻladilar. Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar: yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanganlikda; yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olganlikda; qishloq xoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda; yerlarning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda; yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda; vaqtincha egallab turilgan yer uchastkalarini qaytarish muddatini buzganlikda yoki ularni ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda; yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarga va mulkdorlarga qarashli yer uchastkalarining marza belgilarini yoʻq qilganlikda; davlat yer kadastri maʼlumotlarini buzib koʻrsatganlikda; oʻzboshimchalik bilan pichan oʻrganlikda va chorva mollar boqqanlikda; yovvoyi oʻtlar va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini koʻrmaganlikda; yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tup