Yer kodeksi 91-modda. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga gʻayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga koʻra qaytariladi. Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga koʻra amalga oshiriladi.